Mehnat muhofazasi masalalari muhokama qilindi
Samarqand davlat universiteti ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida mehnatni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, maxsus mehnat sharoitida faoliyat yuritayotgan xodimlarni maxsus kiyim-bosh, oyoq kiyim, sanitariya-gigiyena vositalari va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlash, binolarda yong‘in xavfsizligi signallari, videokuzatuv tizimlari hamda “Tashvish” tugmalarini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, universitet profilaktoriyasini zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash, oshxona va bufetlarda taomlar sifati hamda narxlarini doimiy nazorat qilish, o‘quv binolari, talabalar turar joylari va yordamchi binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tuzilgan bitimda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli kelishuvlarga erishildi.





