Samarqand davlat universitetining mutasaddi rahbarlari davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil qilingan 11-sonli talabalar turar joyi mas’ullari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sharif Absalomov ishtirok etishdilar.
Uchrashuv davomida talabalar turar joyi ma’muriyati va talabalar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalarida noqonuniy shartlar mavjud emasligi, binoda xavfsizlik talab darajasida ekanligi qayd etildi. Uchrashuv so‘ngida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



