“Zulfiyaxonim izdoshlari” seminari
“Zulfiyaxonim izdoshlari” seminari
Samarqand davlat universitetida yosh avlodni ma’rifat, ijod va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlar sifatida tayyorlash maqsadida “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Abbosov ochdi va yoshlarning, ayniqsa, talaba-qizlarning ilm-fan, ta’lim, adabiyot va san’at sohalaridagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish muhimligini ta’kidladi.
Seminar-treningda Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi bosh mutaxassisi Oyto‘la Abdurahimova, universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.A. Ro‘ziyeva ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida talaba-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanloviga hujjat topshirish tartibi, tanlov bosqichlari va ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

