Qozog‘iston elchisi Samarqand davlat universitetida
Samarqand davlat universitetiga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerali Tug’janov tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov uchrashdi. Muloqot davomida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ta’lim, ilm-fan, madaniyat va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Tashrif doirasida Qozog‘iston elchisi professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchi, doktorant, magistrant hamda iqtidorli talabalarga o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan ma’ruza qildi. 21 sentyabr Samarqand davlat universiteti kuni munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi. Elchi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari, tillari va madaniyati institutida bo‘lib, qozoq tili va madaniyati markazi faoliyati bilan ham tanishdi.















