Samarqand davlat universitetida stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o'qish uchun qabul kvotalari e'lon qilindi...
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qitish bo‘yicha 2027-yil uchun ajratilgan QABUL KVOTALARI
|
T/r |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Doktorantura |
Tayanch doktorantura |
Maqsadli doktorantura |
Stajyor-tadqiqotchilik |
|
Jami |
10 |
71 |
1 |
9 |
|
|
1 |
01.01.01 ‒ Matematik analiz* |
1 |
2 |
|
|
|
2 |
01.01.02 ‒ Differensial tenglamalar va matematik fizika* |
1 |
2 |
|
|
|
3 |
01.02.01 ‒ Nazariy mexanika* |
|
1 |
|
|
|
4 |
01.02.05 ‒ Suyuqlik va gaz mexanikasi |
|
1 |
|
|
|
5 |
01.03.01 – Astronomiya |
|
1 |
|
|
|
6 |
01.04.02 ‒ Nazariy fizika* |
|
2 |
|
|
|
7 |
01.04.05 ‒ Optika* |
1 |
2 |
|
|
|
8 |
01.04.07 ‒ Kondensirlangan holat fizikasi* |
|
1 |
|
|
|
9 |
01.04.08 ‒ Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika* |
|
1 |
|
1 |
|
10 |
01.04.09 ‒ Magnit hodisalari fizikasi* |
|
1 |
|
|
|
11 |
01.04.11 ‒ Lazer fizikasi* |
|
1 |
|
1 |
|
12 |
02.00.01 ‒ Noorganik kimyo* |
|
1 |
|
|
|
13 |
02.00.02 ‒ Analitik kimyo* |
1 |
1 |
|
|
|
14 |
02.00.03 ‒ Organik kimyo* |
1 |
2 |
|
|
|
15 |
02.00.04 ‒ Fizik kimyo* |
1 |
2 |
|
|
|
16 |
02.00.12 ‒ Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya* |
|
2 |
|
|
|
17 |
03.00.05 ‒ Botanika* |
1 |
3 |
|
|
|
18 |
03.00.06 ‒ Zoologiya* |
1 |
|
||
|
19 |
03.00.07 ‒ O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi* |
1 |
|
||
|
20 |
03.00.08 ‒ Odam va hayvonlar fiziologiyasi* |
|
1 |
|
|
|
21 |
03.00.09 ‒ Umumiy genetika* |
|
2 |
|
|
|
22 |
03.00.10 ‒ Ekologiya* |
|
1 |
|
|
|
23 |
03.00.12 ‒ Biotexnologiya* |
|
2 |
|
|
|
24 |
03.00.13 ‒ Tuproqshunoslik* |
|
1 |
|
1 |
|
25 |
05.01.02 ‒ Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash* |
|
1 |
|
|
|
26 |
05.01.03 ‒ Informatikaning nazariy asoslari* |
|
2 |
|
1 |
|
27 |
05.01.07 ‒ Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui* |
|
1 |
|
|
|
28 |
05.01.11 ‒ Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt* |
1 |
2 |
|
|
|
29 |
05.09.02 ‒ Geotexnika* |
|
1 |
|
1 |
|
30 |
06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik* |
|
1 |
|
|
|
31 |
06.01.03 ‒ Agrotuproqshunoslik va agrofizika* |
|
1 |
|
|
|
32 |
06.01.04 ‒ Agrokimyo* |
|
1 |
|
1 |
|
33 |
06.01.06 ‒ Sabzavotchilik* |
|
1 |
|
|
|
34 |
06.01.07 ‒ Mevachilik va uzumchilik* |
|
1 |
|
1 |
|
35 |
06.01.08 ‒ O‘simlikshunoslik* |
|
1 |
|
|
|
36 |
06.01.09 ‒ O‘simliklarni himoya qilish* |
|
1 |
|
1 |
|
37 |
07.00.01 ‒ O‘zbekiston tarixi |
1 |
|
||
|
38 |
07.00.03 ‒ Jahon tarixi |
1 |
|
|
|
|
39 |
07.00.06 ‒ Arxeologiya |
|
1 |
|
|
|
40 |
07.00.08 ‒ Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari |
1 |
|
|
|
|
41 |
08.00.05 ‒ Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti |
|
1 |
|
|
|
42 |
08.00.10 ‒ Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti |
|
1 |
|
|
|
43 |
09.00.01 ‒ Ontologiya, gnoseologiya va mantiq |
|
1 |
|
|
|
44 |
09.00.02 ‒ Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (nomi) |
|
1 |
|
|
|
45 |
10.00.01 ‒ O‘zbek tili |
1 |
|
|
|
|
46 |
10.00.02 ‒ O‘zbek mumtoz adabiyoti |
|
1 |
|
|
|
47 |
10.00.05 ‒ Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti |
1 |
|
|
|
|
48 |
10.00.06 ‒ Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik |
1 |
|
||
|
49 |
10.00.13 ‒ Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik |
|
1 |
|
|
|
50 |
10.00.14 ‒ XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon |
|
1 |
|
|
|
51 |
11.00.01 ‒ Tabiiy geografiya |
1 |
1 |
|
|
|
52 |
11.00.02 ‒ Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya |
1 |
1 |
|
|
|
53 |
11.00.03 ‒ Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo* |
|
1 |
|
|
|
54 |
11.00.05 ‒ Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish* |
|
1 |
1 |
1 |
|
55 |
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi |
|
1 |
|
|
|
56 |
12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi |
|
1 |
|
|
|
57 |
19.00.05 ‒ Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya |
|
1 |
|
|
|
58 |
22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi |
|
1 |
|
|
Izoh: *ushbu ixtisosliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi “Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 267-son buyrug‘iga muvofiq ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
-
Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka ‒ 3.5 shakl).
-
Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
-
Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari).
-
Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat (tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar uchun).
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar (mavjud bo‘lsa).
Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
-
Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka ‒ 3.5 shakl).
-
Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
-
Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezis).
-
Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.
Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF‒81-son farmoni 4-bandiga muvofiq xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
-
xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha ‒ kamida C1 darajasida;
-
gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha ‒ kamida B2 darajasida;
-
boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha ‒ kamida B1 darajasida.
Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari va suhbatlar dasturlari hamda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar universitetning rasmiy veb sayti (https://www.samdu.uz/uz/pages/Doktorantura)da e’lon qilinadi.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish bo‘limi.
Murojaat uchun telefon raqamlari: +99866 240-38-47; +99891 557-77-44

