Ular Germaniyada o’qiydilar…
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Muhandislik fizikasi institutida nemis tilini o‘rganayotgan 60 ga yaqin iqtidorli talaba bilan uchrashdi.
Yoshlarga zamonaviy muhandislik sohasi uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallash, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish borasida aniq tavsiyalar berildi.
Rustam Xolmurodov Germaniya ta’lim tizimining muhandislar tayyorlash borasidagi ilg‘or tajribasiga alohida to‘xtaldi. Talabalarni kelgusida magistratura va doktorantura bosqichlarini aynan Germaniyada davom ettirishga chaqirdi. Buning uchun, eng avvalo, nemis tilini mukammal darajada o‘zlashtirish, sohaga oid bilimlarni chuqurlashtirish hamda ilmiy izlanishlarga erta kirishish zarurligi ta’kidlandi.
Samarqand davlat universitetida bugungi kunda xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, Germaniyaning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani aytildi. Talabalar uchun akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari va ilmiy stajirovkalar kabi keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.











Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

