Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlandi…
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan Samarqand shahrida shoir haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev, shoir va yozuvchilar, Navoiyshunos olimlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda qator tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nazmiya Muhiddinovaning Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzasi tinglandi.
“Shuhrat” medali sohibi Bahodir Sirojiddinov tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari yuksak mahorat bilan ijro etildi. Shoirona ohangda yangragan g‘azallar yig‘ilganlarga chuqur badiiy zavq bag‘ishladi.
Marosim davomida Samarqand davlat universiteti olimlari va talabalarining Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruzalari tinglandi.













Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

