Rektorlar uchrashuvi
Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti rektori, akademik Hoji Akber Aisa boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Samarqand davlat universitetining Sun’iy intellekt markazi faoliyati bilan, Biokimyo institutining saraton kasalligiga qarshi dori vositalari sintezi laboratoriyasida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdilar.
Universitetlar rahbarlari sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda innovatsion dori vositalarini yaratish, raqamli tahlil va modellashtirish asosida yangi farmatsevtik yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar, doktorantlar va yosh olimlar almashinuvi, laboratoriyalararo hamkorlik hamda xalqaro grantlar doirasidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashdilar.










