Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmuradovning Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti hamda matematika fakulteti talabalari va ularning ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rektor Rustam Xolmuradov universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar, yangi qurilishlar, talabalarning o‘qishlari va yashashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, mamlakat taraqqiyoti nuqtai nazaridan yoshlar oldiga qo‘yilayotgan talablar xususida so‘z yuritdi. Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Jo‘liboy Eltazarov, matematika fakulteti dekani Ahmad Xalxo‘jayev va boshqalar so‘zga chiqib, talabalarning faolligi, erishayotgan natijalari haqida to‘xtaldilar.

    Ota-onalarning vakillari va talabalar ham o‘z mulohazalarini bildirdilar. Universitet rahbarlari barcha savollarga batafsil javob qaytardilar. Shundan so‘ng ota-onalar universitet sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari fakultetining, Biokimyo institutining yangi binolarini va universitetning boshqa e’tiborga molik joylarini borib ko‘rdi.