MILLIY QADRIYATLAR TARG'IBOTI

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Zebuniso Mansurova, Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabasi Guliruxsora Ibrohimova hamda Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti talabasi Sharofiddin Madiev YUNESKO 43-sessiyasi majlisi bayonnomasi mazmun-mohiyati va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universitetida bo‘lishdi.
Mazkur tashrif davomida ular o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlari haqida xorijiy davlatlar vakillari hamda talabalarga batafsil ma’lumot berishdi.
O‘zbekistonning har bir viloyatini ifodalovchi ramz sifatida non, holva, urf-odat va an’analar, palov kabi tansiq taomlarni tayyorlash jarayoni, hunarmandchilik buyumlari, ularning yasalish usullari va tarixi, o‘zbek san’ati hamda xalq o‘yinlari namoyish etildi.