Samarqand davlat universitetiga Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Yuqori martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.

    Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.  Ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida axborot texnologiyalari, matematika, fizika, biologiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, raqamlashtirish,  qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, mintaqadagi suv tanqisligini bartaraf etish masalalari xususida fikr yuritildi.

    Rustam Xolmurodov xorijlik professor-o‘qituvchilar orasida hindistonlik mutaxassislar ko‘pligi, kelgusida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini yana-da oshirish ehtiyoji borligini, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish zarurligini, yadro fizikasi va tibbiyot, oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi tadqiqotlarni jadallashtirish dolzarb bo‘lib turganligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, suhbat chog‘ida ekologiya, akademik almashinuv va yana boshqa ko‘pgina masalalarga e’tibor qaratdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.