Samarqand davlat universiteti olimlari Xitoy Fanlar Akademiyasining mukofotiga sazovor bo’ldi

Xitoy Fanlar Akademiyasi Prezidenti tomonidan 2024-yil "Yosh olimlar uchun xalqaro hamkorlik mukofoti" (International Partnership Award for Young Scientists) e’lon qilingan edi.
Ushbu nufuzli mukofot o’z egalariga topshirildi. Mukofotga dunyoning turli mamlakatlaridan yuzlab nomzodlar orasidan atigi to‘rt nafar eng iqtidorli yosh olimlar munosib deb topildi.
Quvonarlisi, Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti professori Xurshid Bozorov hamda uning hamkori professor Zhao Jiangyu ushbu mukofotga sazovor bo’ldi.
Olimlarning bu yutug‘i nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki xalqaro ilmiy hamkorlik sohasidagi ulkan yuksalish, innovatsion tadqiqotlar samarasi, eng muhimi esa – Samarqand davlat universiteti uchun katta sharafdir.
Ma’lumot uchun, Zhao Jiangyu 2023 yildan buyon Samarqand davlat universitetida mustaqil tadqiqotchi bo’lib faoliyat ko’rsatmoqda. Xurshid Bozorov rahbarligi ostida DSc dissertasiyasini himoya qilish arafasida…