Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov 2025-yil 18-iyun kuni universitetning 1-bosqich iqtidorli talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet prorektorlari, professor-o‘qituvchilari ham qatnashdilar. 
    Rektor Rustam Xolmurodov o‘z nutqida talabalarni hamisha faol, izlanuvchan va intiluvchan bo‘lishga, o‘qish jarayonida mas’uliyatni his qilishga, ayniqsa, xorijiy tillarni  puxta egallashga chaqirdi. Xalqaro aloqalar kengayib borayotgan, dunyo miqyosida yetuk mutaxassislarga talab-ehtiyoj ortib borayotgan hozirgi zamonda raqobatlarga tayyor bo‘lish zarurligini ta’kidladi.