Samarqand davlat universiteti 2024-yilda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib QS Stars reytingida 5 yulduzni qo‘lga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qo‘shilgan edi.

    Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025 yil natijalari e’lon qilindi. 


    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy oldi.
2024 yilda ushbu reytingda universitetimiz ilk bor TOP-1000 universitetlar qatoriga kirgan edi.

    Samarqand davlat universiteti, shuningdek, Toza suv va sanitariya (SDG6) va Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (SDG15) yo‘nalishlarida dunyoning TOP-100 universitetlari ro‘yxatiga ham kiritildi.

    Ma’lumot uchun Impact Ranking — bu Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilinadigan universitetlar reytingi bo‘lib, u universitetlarning BMTning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari (SDG) bo‘yicha qanday ishlayotganini baholaydi. 2025 yilda mazkur reytingda dunyoning 130 mamlakatidan 2526 universitet ishtirok etgan.


Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.