SAMARALI AMALIY HAMKORLIK

Xitoy Xalq respublikasining Sian arxitektura-texnologiya universiteti bilan 2023-yilda imzolangan memorandumga ko‘ra shu yil 10-aprel 20-may kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Sian arxitektura-texnologiya universitetining “Xorijiy universitetlar uchun onlayn kredit kurslari” (“海外高校线上学分课" ) tashkil etildi. Ma’ruzalarda Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, magistrant va talabalari tinglovchilar sifatida ishtirok etishdi.
Ma’ruzalar onlayn va oflayn shaklda bo‘lib, Xitoy Xalq respublikasining yetakchi olimlari, professorlar Li Kun i Chan Xaysin tomonidan olib borildi. Ma’ruzalar tinglovchilarda madaniy meros yodgorliklarini asrash, ularni targ‘ib etish yuzasidan zarur bilim va ko‘nikmalar shakllanishiga xizmat qildi.