Shokirjonov news telegram kanalida joriy yilning 30 aprelь kuni “SamDU yuridik fakultetining 4-bosqich talabalariga bitiruvga bir oy qolganda dekanat kelib o‘qishni tugatishdan oldin «ishga joylashganlik to‘g‘risidagi shartnomani olib kelishinglar kerak, bo‘lmasa diplom shakllanmaydi» degan talabni qo‘yayotganiga e’tiroz bildirilgan edi.”

    Yuqoridagi e’tiroz haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha  talabalarga ishga joylashish borasidagi topshiriqlar 2024-2025 o‘quv yilining boshida berilgan bo‘lib, o‘shanda shartnoma loyihalari ham tarqatilgan. 

    Ishga joylashganlik to‘g‘risida shartnoma topshirilmasa diplom shakllanmaydi, degan vaj ham asossiz bo‘lib, diplom HEMIS ta’lim tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

    Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati OAV uchun ochiq bo‘lib, murojaatlarni birgalikda xolis o‘rganishga, ijobiy yechim topishga tayyor.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.