Konferensiya Samarqand davlat universiteti “Molekulyar biotexnologiya” ilmiy laboratoriyasi tashkil etilganligining 55 yilligiga bagʻishlandi.

    Bu laboratoriya yillar davomida oʻsimliklarni himoya qilish, genetik modifikatsiya, biologik faollashtiruvchi vositalar yaratish va ekologik xavfsiz texnologiyalarni ishlab chiqish yoʻnalishida respublikamizda va xorijda oʻzining ilmiy maktabini shakllantirgan yirik markazlardan biri hisoblanadi.

    Konferensiyada respublikaning turli hududlaridan va xorijdan yetakchi olimlar, amaliyotchi mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir doirasida bugungi kunda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda uchrayotgan dolzarb muammolar muhokama qilindi.

    Anjuman qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishning  bugungi holati, ekinlarga ta’sir koʻrsatadigan biotik va abiotik omillar, mazkur omillari ta’sirida paydo boʻlayotgan zararlanishlar qamrovi va uning iqtisodiy koʻrsatkichlariga bag’ishlangan. Shuningdek, qishloq xoʻjalik ekinlariga salbiy ta’sir koʻrsatadigan biotik va abiotik omillar qarshi kurashning an’anaviy va noanʻanaviy usullari, oʻsimliklar yetishtirishda kimyoviy preparatlar qoʻllashni kamaytirish va ekologik toza mahsulotlar olish, jarayonda innovatsion biotexnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari  va oʻsimliklarni himoya qilishning nazariy hamda amaliy asoslarini tahlil qilish nazarda tutilgan...

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.