Akademik Said Shermuhamedov xotirasi yod olindi...

Samarqand davlat universitetida akademik Said Shermuhamedov falsafiy merosiga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori maslahatchisi Baxtiyor To‘rayev va boshqalar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Anjumanda akademik Said Shermuhamedovning hayoti, ilmiy izlanishlari, falsafiy qarashlari, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirishdagi roli, pedagogik faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Uning ilm-fanga sadoqat bilan xizmat qilgani, shogirdlar tarbiyasida yuksak talablari va ularga bergan saboqlari alohida e’tirof etildi. Olimning o‘zbek falsafiy tafakkurini boyitishdagi hissasi, uning asarlarida aks etgan inson, jamiyat va taraqqiyot haqidagi chuqur mulohazalar bugungi kundagi dolzarb masalalar bilan hamohang ekani ta’kidlandi.
Samarqand davlat universitetida seminar doirasida yana bir muhim voqea – akademik Said Shermuhamedov nomi bilan ataluvchi maxsus o‘quv xonasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
Shuningdek, Said Shermuhamedov hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan yangi kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.