Davra suhbati: yoshlar korrupsiyaga qarshi

Samarqand davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Yevgeniy Kolenko ishtirok etdi.
Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, shuningdek, yoshlar orasida halollik va adolatga sodiqlikni targ‘ib qilish muhokama qilindi.
Yevgeniy Kolenko o‘z nutqida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lishini ta’kidlab, unga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligini uqtirdi.