YAPON OLIMI MA’RUZASI

2025-yil 29-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida xalqaro miqyosdagi taniqli olim, Yaponiyaning Eurasia Foundation (from Asia) jamg‘armasi raisi, professor Sato Yojining “The World Will Be One” mavzusida ma’ruzasi tashkil etildi. Mazkur ma’ruza “ASIAN COMMUNITY AND UZBEKISTAN: INTEGRATION AND GEOPOLITICS” xalqaro grant loyihasi doirasida amalga oshirildi. Unda insoniyat birdamligi, Osiyo hamjamiyatining kelajagi, global hamkorlik va tinchlikni saqlash yo‘llari muhokama qilindi.
Professor Sato Yoji 700 dan ortiq universitetlarda ma’ruzalar qilgan. Osiyodagi mintaqaviy barqarorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida faol tashabbuskor sifatida tanilgan. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda mehmonlar faol ishtirok etishdi. Ma’ruzadan so‘ng professor uchun qisqa ekskursiya ham tashkil etildi.
SamDU talabalariga bu uchrashuvo’ziga xos ilmiy bo‘ldi va unutilmas taassurot qoldirdi.