Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi xalqaro grant doirasida Germaniyada ilmiy izlanishlar olib boradi…
Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti tadqiqotchisi Doston Bahriyev Germaniyaning Michael Zukkov fondi tomonidan moliyalashtiriladigan “Marion Dönhoff Fellowship” grantini qo’lga kiritdi.
Tadqiqotchi ushbu grant doirasida Greifswald universitetida “Zarafshon daryosi toʻqay ekotizimlarining hozirgi holatini baholashning mezonlarini ishlab chiqish” mavzusida PhD ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshiradi. Zukkov fondining “Himoyalangan hududlar va biosfera” guruhi mutaxassisi Rustam Murzaxanov va Greifswald universiteti professori Rahmatilla Egamberdiyev, SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizli instituti direktori Toshpo’lot Rajabovlar mazkur ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik qiladi.
Ma’lumot uchun, Zukkov fondi tabiiy resurslar va bioxilma-xillikni muhofaza qilish, yerlardan barqaror foydalanish, iqlim o’zgarishi va uning oqibatlarini yumshatish yo’nalishlarida faoliyat olib boruvchi yosh tadqiqotchilarni rag’batlantirib boradi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.