Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Bektosh Raximov va Muhtaram Yakubovalar boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchi va talabalar Germaniyada ilmiy stajirovkada bo’lishdi. Mazkur safar DAAD (Germaniya akademik almashuv xizmati) ning "Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G’arb tadqiqotlari" xalqaro granti doirasida tashkil etildi.

    SamDU vakillari Germaniyaning Gumbold universiteti, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Yevropadagi eng yirik kutubxonalardan biri bo’lgan Germaniya davlat kutubxonasda izlanishlar olib bordi. Kutubxonadagi Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston tarixi va madaniyatiga oid noyob qo’lyozmalar fondi va eng yangi ilmiy tadqiqot usullari bilan yaqindan tanishishdi. Germaniyaning diqqatga sazovor joylari talabalarida katta taassurotlar qoldirdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.