Bugun Samarqand davlat universiteti o‘quv uslubiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, dotsent Xoliqul Jo‘libekovning tug‘ilgan kuni.
    Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xoliqul Jo‘libekov 1959-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 65 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati