Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida talabalar o’rtasida matematika fani bo‘yicha “OMOUS-2024”  xalqaro olimpiada o'tkazildi.

    Mazkur tanlovda AQSh, Rossiya, Bolgariya, Ispaniya, Xitoy, Meksika, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan 500 ortiq talabalar ishtirok etdi.

    Quvonarlisi, olimpiadada Samarqand davlat universiteti matematika fakultetining bir qator talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

    Yakka tartibdagi bahsda Abdulaziz Komilov kumush medal, Davlat Kamoliddinov va Otabek Zaripovlar bronza medalni qo’lga kiritdi.  Umumiy bahslarda esa Abdulaziz Komilov, Davlat Kamoliddinov, Otabek Zaripov, Bobomurod Abdurahmonovlardan iborat jamoa bronza medaliga ega bo’ldi.

    Shuningdek, SamDU Kattaqo'rg'on filiali 3-kurs talabalari Jaloliddin Mahmudov va Oxun Otayorovlar ham ushbu musobaqada qatnashdi. Jaloliddin Mahmudovga bronza medali nasib qildi. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.