Daykon-yapon turpi so‘nggi yillarda jahonning ko‘pchilik mamalakatlarida keng tarqalib bormoqda. O‘zbekiston uchun bu nisbatan yangi sabzavot ekinidir. U tezpisharligi tufayli ertangi va boshoqlilardan so‘ng takroriy ekin sifatida ekiladi.

    Yaponiya daykon turpi vatani hisoblanib, taxminlarga ko‘ra u xitoyning lobo turpidan kelib chiqqan.

    Daykon ildizmevalari, asosan, kam kolloriyali karbon suvlar manʼbai hisoblanadi. Quvvat berish qiymati jihatidan bodring, pomidor va boshqa ayrim sabzavotlardan ustun turadi.

    Daykon ildizmevalari o‘zida qand, oqsil, mineral moddalar, yuqori faol ferment, tengi yo‘q aminokislota, vitamin, antioksidant, fitonsid va boshqa biologik faol moddalarni saqlaydi.

    Shifobaxshlik va parhezlik hossasi, taʼmini yuqori bo‘lishligi daykonni asosiy qiymatini belgilaydi. Uning ildizmevlari sersuv. Yosh barglari va urug‘ palla davridagi o‘simtalari taomga ishlatiladi. Daykon ildizmevalarining pyuresi qo‘shimcha sut o‘simlikli oziqalarni tayyorlashda yaxshi qo‘shilma hisoblanadi.

    Daykon ildizmevalari og‘ir metallarni boshqa o‘simliklarga nisbatan 2-4 marta kam to‘playdi. Daykon o‘zining biokimyoviy tarkibiga ko‘ra yuqori shifobaxshlik va parhezlik xususiyatlariga egadir. Daykon jigar va buyraklarni “sanitari” hisoblanadi. Jigar va buyraklardagi toshlarni barcha sabzavotlardan faqat turp, daykon va yerqalampir (xren) erita oladi. Ammo, turp va yerqalampiri  tarkibida taxir yurak va oshqozon-ichak shilliq pardalari faoliyatiga salbiy taʼsir qiluvchi achchiq maza beruvchi turp yog‘i ko‘p bo‘ladi, daykon esa, bunday taʼsirga ega emas.

    Daykon-S, V1, V2, RR vitaminlarining manbaidir. U organizmni turli xildagi kasalliklardan tozalanishi va oldini olishga yordam beruvchi ko‘p miqdordagi parhez tolalarni o‘zida saqlaydi.

    Daykon kam kolloriyali karbonsuvlar manbai bo‘lganligi uchun qand (diabet) va semirish kasalliklaridan qiynaladigan shaxslarga zarur oziqadir. U siydik va safro haydash xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga onkologik kasalliklar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, shamollash kasalliklari, bezgak, kamqonlik, muskul va bo‘g‘inlardagi og‘riqni davolashda ham foydalaniladi.

 

Bahrom Xolmirzayev,

Samarqand davlat universiteti

Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti dotsenti.