Bundan roppa-rosa 268 yil avval, butun dunyoga maʼlumu mashhur MDU ga asos solingan edi.

    Samarqand davlat universiteti Moskva davlat universiteti bilan doimiy hamkorlik aloqalariga ega.

    Tarix, arxeologiya, matematika, mexanika, fizika, kimyo, psixologiya, geografiya va ekologiya, biologiya yo‘nalishlarida bir qator ilmiy izlanishlar, loyihalar amalga oshirmoqda. Tomonlar hamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya hamda nufuzli jurnallarda maqola nashr etish borasida katta tajribaga ega. Universitetlarda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalarda professor-o‘qituvchilarning ishtirok etishi hamda maʼruza qilishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

    Bugungi kunda Moskva davlat universitetining 5 nafar professori - Mariya Goryachko, Olga Soldatova, Reteyum Aleksey, Aleksandr Granovskiy, Nargis Nurulla-Xo‘jayevalar Samarqand davlat universiteti talabalariga ijtimoiy iqtisodiy geografiya, biologiya, ekologiya, fizika, tarix fanlaridan onlayn dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Shuningdek, SamDU tadqiqotchilariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.  

    2022 yil 26-28 oktyabr kunlari Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston-Rossiya III taʼlim forumi o‘tkazildi. Nufuzli anjumanda Moskva davlat universiteti rektori, akademik Viktor Sadovnichiy ishtirok etdi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov va Moskva davlat universiteti rektori, akademik Viktor Sadovnichiylar o‘rtasida fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, professor-o‘qituvchi, tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.