Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ham alohida eʼtibor qartilayotgani diqqatga sazovor. Xususan, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutining ochilgani buning yorqin dalididir. Universitetning biologiya fakultetida va mazkur institutda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinyapti. Bu esa yoshlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida innovasiyalarni qo‘llash, ilmiy yangilik va tadqiqotlar o‘tkazishga ruhlantirayotgani ayni haqiqat.   

    Quvonarlisi, “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar» mavzudagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ko‘lami yil sayin kengayib boraveradi. Zero, Prezidentimiz SHHTning Samarqand sammitida ushbu hayotiy masalalarni keng muhokama qilish maqsadida kelgusi yili mamlakatimizda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif etdi. Shu bois Samarqand davlat universiteti mezbonlik qilayotgan bu galgi tadbirga ham qiziqish tobora ortmoqda. Bu esa dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalarni o‘rnatishga, ilmiy yutuqlarni muhokama qilish, amaliyotga joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi keyingi izlanishlar uchun zamonaviy istiqbolli yo‘nalishlarni hamkorlikda belgilab olishga xizmat qiladi, albatta.

 

Xudoyor Keldiyorov,

Samarqand davlat universiteti

Biologiya fakulteti dekani, professor.