Samarqand davlat universiteti Karyera va bandlik markazida nima yangiliklar?
    Talabalarni ish bilan ta’minlash va ularga o‘qish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda.
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bu masalani tizimli hal etish uchun Silk Road Samarkand turistik markazi bilan hamkorlikda Karyera va bandlik markazi tashkil etilgan. Ayni vaqtda universitetda 4300 ga yaqin talaba o‘qishiga halal bermagan holda ishlayapti. 
    Shuningdek, universitet Samarqand shahrida joylashgan ALFA IMPEX CORP, CHP CRYSTAL CONSALT, SAMARQAND PRIME GERMES va SAMARQAND ANTEP GILAMLARI kabi bir qator kompaniyalar bilan maqsadli hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bunda talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida ushbu kompaniyalarning ish faoliyati bilan tanishish, bo‘sh ish o‘rinlariga ishga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 
    Samarqand davlat universitetining o‘zida ham 200 ga yaqin talabalar oliy ma’lumot talab etilmaydigan lavozimlarda faoliyat yuritmoqda. 

 

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.