Samarqand davlat universitetiga Janubiy Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti Global ta’lim va almashinuv ofisi dekani Dr. Byung Wook Yoo boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov va xalqaro ta’lim dasturlari markazi rahbari Sardor Umarovlar kutib oldi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir. Shuningdek, amalda mavjud qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarni Soon Chun Hyang universitetida o‘qishini davom ettirishini muhokama qilish bilan birga, kelajakda bakalavriat va magistraturada yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish masalalari ham kelishib olindi.

    Qolaversa, doktarantura bosqichida kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish rejalari muhokama qilindi.

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universitetining 30 ga yaqin talabasi Soon Chun Hyang universitetida o‘qishini davom ettirmoqda…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.