Samarqand davlat universitetiga Sakarya University of Applied Science universitetining (Turkiya) prorektorlari, professor Naci Caglar, Sinan Serdar O’zkan va tillarni o‘qitish va tadqiqot markazi direktori Serhat Kucuk tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’limi bosh konsultanti, professor Muxtor Nosirov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad hamkorlik aloqalari va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yishdir.

    Suhbat davomida magistratura ta’lim bosqichida tahsil oladigan talabalarni (1+1) qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o’qitish, doktorantura (PhD) va professor-o‘qituvchilarning ilmiy stajirovkasini amalga oshirish bo’yicha takliflar ilgari surildi.  Shuningdek, Sakarya University of Applied Science universiteti tomonidan SamDU o’qituvchi va talabalar uchun masofaviy seminarlar tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

    Qolaversa, bioinjeneriya, mexotronika, elektronika va agroinjinering sohasida tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish haqida muzokaralar olib borildi. Samarqand davlat universitetining magistratura ta’lim bosqichida tahsil oladigan talabalarini (1+1) qo‘shma ta’lim dasturlari asosida Turkiyada o’qitish uchun turk tilini o‘rgatish masalalari ham kelishildi. Bir nafar doktorantga (PhD) Sakarya University of Applied Science universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy rahbarlik qilish taklifi berildi.

    Uchrashuv so‘ngida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.