Samarqand davlat universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova ishtirokida o’tkazilgan tadbirda bir qator masalalar muhokama etildi.

    Samarqand davlat universiteti faollar zalida universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova ishtirokida o’tkazilgan tadbirda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, talabalar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish orqali ular o’rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borish va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.

    - Biz talabalarning eng yaqin do’sti, hamkori bo’lish bilan birga ularga to’g’ri yo’l ham ko’rsatishimiz kerak, - dedi Shahzoda Negmatova. - Har bir talabani aholining ziyoli qatlamiga olib kirish esa bugunning eng muhim masalasi. Ularga ilmiy ishlar olib borish haqida ko’proq ma’lumot berib, ilm orqali muvaffaqiyatga erishgan insonlarni o’rnak sifatida ko’rsataylik. Qachonki talaba o’zini ilm odami ekanligini, ziyoliligini bilsa, u huquqbuzarlik yo’liga kirmaydi. To’g’ri yo’ldan borishni afzal ko’radi.

    Shuningdek, tadbir davomida Samarqand shahri bo’yicha IIOFMB 3-son IIB XPG SamDU profilaktika inspektori, katta leytenant Sardorbek Hamdamov jamoaga tanishtirildi.

Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.