Samarqand davlat universitetiga jahonda yetakchi hisoblangan Massachusetts texnologiya instituti (AQSH) professori Mike Short tashrif buyurdi. Mehmonni SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor, professor Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va qo’shma loyihalarni amalga oshirishdir.

    Suhbat jarayonida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qoyish, qo’shma magistrlik dasturlarni amalga oshirish, grant loyihlarni hamkorlikda bajarish masalalari ko’rib chiqildi. Shuningdek, professor Mike Short Samarqand davlat universitetining Amerikadagi elchisi bo’lishi va u ma’ruza darslarni talabalarga o’tib berishga kelishildi. 

    - Samarqand davlat universitetiga ikki yil oldin ilk marta kelgan edim, - deydi professor Mike Short. – Shu vaqt oralig’idagi o’zgarishlarni ko’rib turibman. SamDU tarkibida Fizika Muhandislik institutinining tashkil topganligi meni juda quvontirdi. Mening tashrifimdan asosiy maqsad SamDU dotsenti Akmal Safarov bilan materialshunoslik, yadro fizikasi, atrof-muhit radiotsaviy ahvolini monitoring qilish sohalarida qo’shma loyihalar qilish bo’yicha ishlarni amalga oshirmoqchimiz…

    Tashrif davomida Massachusetts texnologiya instituti (AQSH) professori Mike Short Samarqand davlat universiteti Yadro fizkasi laboratoriyasi bilan tanishib, o’zaro fikr almashdi.

Behruz SHAMSIDDINOV

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar