Samarqandda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi Yoshlar festivalining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi Yoshlar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov hamda bir qator tashkilot rahbarlarining Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari poyiga gul qo‘yishi bilan boshlandi. Shuningdek, ochilish marosimida Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar va Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etdi. Talaba yoshlar ishtirokida namoyish etilgan badiiy chiqishlar, yoshlik shijoati aks etgan she’rlar festivalning ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlanishini ta’minladi.
Eslatib o‘tamiz, Yoshlar festivali doirasida tashkil etiladigan tadbirlar davom etadi…
Iroda Bekmurodova,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov olgan suratlar.