O’zbekiston sharoitida jaziramadan saqlanish uchun nima qilish kerak?

Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol xajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.
Eng issiq paytda - 12-00 dan 16-00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikka harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtiring-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.
Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana xarorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
Albatta, ochiq suv havzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish taqiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.
Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.
Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar xaqida aloxida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.
Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.
Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.
Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.
Albatta, bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashing-ki, undan chiqayotgan sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta'sir qilmasin.