Tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligi yoshlarga nima beradi?

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi, Fulbright Teaching Assistent dasturi bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari uchun “Tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligi” mavzusida seminar trening o’tkazilmoqda.
Anjumanda ishtirokchilarga media savodxonlik, o’z ustida ishlash, talabalarni fan nuqtai nazarida tanqidiy fikrlashga o’rgatish kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
- Bugungi seminarimiz o’qituvchilar uchun har tomonlama foydali bo’lib, ularga ingliz tilini o’qitishning zamonaviy metodlari haqida batafsil ma’lumot berishni o’z oldiga maqsad qilib olgan, - deydi Fulbright Teaching Assistent dasturi Kristofer Kouen. – Trening doirasida tashkil etilgan davra suhbatlari va muhokamalar turli hududlardan kelgan o’qituvchilarning o’zaro fikr almashishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.