Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamkorligida Zarafshon milliy tabiat bog‘ida 5-iyun – Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri, professor Ergash Qobilov kirish so‘z bilan ochdi. Bugungi kunda yurtimizda mazkur sohada qilinayotgan amaliy ishlar, xususan, ekologiyani toza saqlash uchun Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

    Anjumanda so‘z olgan Samarqand viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i B. Sanaqulov, Zarafshon milliy tabiat bog‘i direktori B.Rajabovlar ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.