Samarqand davlat universitetida talabalarning mustaqil ta’limni o‘zlashtirishlariga e’tibor kuchaymoqda…

Mustaqil ta’lim - bu bilimlarni o‘zlashtirishning faol usullariga yo‘naltirishni, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni, shaxsning ehtiyojlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda innovatsion ta’limdan individuallashtirilgan ta’limga o‘tishni nazarda tutadi. Bunda faqatgina mustaqil ta’lim soatlari ko‘paytirilibgina qolmay, nomutaxassislik fanlari o‘quv rejasidan olib tashlanadi. Amaliyot soatlari ko‘paytiriladi. Bugungi kunda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bu sohadagi amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan.
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 1-kurs talabalarining tahliliy o‘qish fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Unda talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, fanga oid bilimlarni mustahkamlashda ilmiy-ijodiy yondashganligi kabi bir qator mezonlar hisobga olingan holda baholandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.