Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabalarining mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazildi.

    Unda talabalarning bir o‘quv semestri davomida berilgan mustaqil ta’lim topshiriqlarini to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, fanga oid bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi baholandi.

    Shu o’rinda bir savol tug’iladi. Talabalar uchun mustaqil ta’lim nimasi bilan foydali?

    Avvalo, talaba bajarayotgan mustaqil ish o‘qituvchisi uchun emas, balki o‘zi uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur.

    Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsad quyidagilardan iboratdir:
    - yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
    - auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
    - o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
    - faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
    - olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirish;
    - mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
    - tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish va boshqalar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.