Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov kirish so'z bilan ochdi.

    - Akademik Botirxon Valixo'jayev - buyuk inson, ulug' olim edi. U kishi bugun hayot bo'lganlarida 90 yoshga kirardi. Olim o'z umrini Samarqand davlat universitetiga bag'ishladi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Botirxon Valixo'jayev o'zbek adabiyoti tarixining haqiqiy bilimdoni edi. Biz ulug' ustozning ilm-fan uchun qilgan mehnatlarini doimo xotiramizda saqlaymiz.