Bu haqida O’zbekiston gidrometeoroligiya xizmati markazi xabar berdi.

    2022-yilning 18-23 may kunlari respublikamizning tog’ oldi va tog’li hududlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momoqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg’irlar yog’ishi kutilmoqda, do’l yog’ishi mumkin.

    Xususan, respublikamizning Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzоr, Koson tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;

    Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

    Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

    Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

    Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg’on tumanlarida;

    Farg’ona viloyati: So’x, Farg’ona, Beshariq tumanlarida;

    Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo’rg’ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.