Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalariga Tehron davlat universiteti ilmiy xodimi Mahnaz Ghorbani Eron tili va madaniyati tarixi bo’yicha ma’ruza o’qidi. Dars noan’anaviy shaklda bo’lib, Eron madaniyati va an’analarining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlari bilan mushtarakligi xususida talabalarning fikrlari, qarashlari tinglandi. Eron tilining shakllanish davrlari hamda bu davrga oid adabiy-tarixiy manbalar haqida batafsil aytib o‘tildi.

    Dars yakunida talabalar Eron madaniyati tarixi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Fors va o‘zbek madaniyatini tutashtiruvchi tarixiy asos va ildizlar borasidagi qizg‘in muhokamalar darsga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Iroda Bekmurodova,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.

Shavkat Akramov olgan suratlar.