Anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi:

    "- Men Mavlon Jo‘raqulov haqida o‘ylaganimda ko‘z oldimda sokin alloma, donishmand rahbar, mehr-oqibatli inson namoyon bo‘ladi.

    1999 yilda SamDU ga rektor bo‘lganimda Mavlon Jo‘raqulovning oqilona maslahatlari va takliflari menga juda qo‘l kelgan. Anglaganim, domla butun umri o‘tgan Samarqand davlat universitetini juda yaxshi ko‘rar ekan. U kishi universitetdagi har bir o‘zgarishni, yaxshilikni xursandchilik bilan kutib olardi. O‘z navbatida salbiy holatlarga murosasiz ham edi. Domla hayotini universitetsiz tasavvur qila olmasdi. U kishi so‘nggi nafasigacha universitet haqida o‘yladi".