Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti ilmiy Kengashining navbatdagi davra suhbati shu shior ostida o‘tdi.

    Unda Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov, universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Akmal Axatov va fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

    Tadbirni fakultet dekani, professor Azamat Pardayev kirish so’z bilan ochdi.

    Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov ilmiy salohiyatni oshirish, SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, hozirda ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar universitet tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini bildirdi.

    SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov fakultetning ilmiy nufuzini yanada oshirish va talabalarga xorijlik professor-o’qituvchilarning dars berishini yanada ko’paytirish yuzasidan ishtirokchilarning takliflarini eshitdi. Bu borada tizimli hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilganligini ta’kidladi.

    Shuningdek, tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Muslihiddin Muhiddinov, filologiya fanlari doktori, professor Ibodulla Mirzayev so’z olib, universitetda ilmiy salohiyatni oshirish yo’lida amaliy ishlar yo’lga qo’yilganligi, yosh olimlarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiya himoyalarini yanada ko’paytirish, ilmiy darajasi mavjud bo’lmagan o’qituvchilar faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.