Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi…

    Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Dicle universiteti rektori professor Mehmet Karokoch tashrif buyurdi.

    Bundan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi, muhandislik, agrotexnika, huquq sohalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, memorandum imzolashdir.

    - Samarqand davlat universitetiga aniq takliflar bilan keldik, - deydi Dicle universiteti rektori professor Mehmet Karokoch. - Dicle universiteti tashkil etilganligiga 50 yil to‘ldi. Bu vaqt mobaynida   30 turdagi mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlashga erishdik. Bugungi kunda 1900 gektar maydonda joylashgan eng zamonaviy laboratoriyalarimiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Samarqand davlat universiteti bilan ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqchimiz. Agar bu samarali natija beradigan bo‘lsa, kelajakda agrotexnologiya yo‘nalishida qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yamiz…

    - Dicle universiteti olimlari qishloq xo‘jaligi, muhandislik, kimyo, biologiya va tibbiyot sohalari bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, - deydi SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Akmal Axatov. -  Dicle universiteti taqdim etgan shartnomani o‘rganib, bakalvr, magistratura va doktorantura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarimizni o‘qishga yuborishga kelishib oldik.

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.