BO‘LAJAK PEDAGOGLAR FORUMI

2025 yil 3 iyun kuni Samarqand davlat univeritetida “Bo‘lajak pedagog - talabalarning amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limi: oliy ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi modellari” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forumda 10 ga yaqin chet davlatlardan 60 dan ziyod taniqli olimlar qatnashdi. Forumda Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Ahadov O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, xususan oliy ta’limdagi yangilanishlar, o‘rta ta’lim maktablari bilan yaqin aloqalar, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik samarasi va istiqbollari haqida so‘z yuritdi.
Forumning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni jahon ta’lim tizimining yangi uslublari va g‘oyalari bilan tanishtirish, ularda tashabbuskorlik va ta’lim jarayoniga ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Forum ishi 13 shoʻbada olib borildi hamda malakali professorlar tomonidan mahorat darslari tashkil qilinib, ularda ilg‘or innovasion g‘oyalarga boy bo‘lgan pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi. Forum qatnashchilariga ta’limga zamonaviy yondashuvlarning amaliy namunasi ko‘rsatildi.
Forum dasturi doirasida qӯshma loyihalar imzolanishi hamda Scopus bazasiga kiruvchi maqolalar tӯplami nashr etilishi rejalashtirilgan.