SUN’IY INTELLEKTNI TARTIBGA SOLISH – DOLZARB MASALA

Samarqand davlat universitetida Yevropa va Osiyo mamlakatlari tajribasi asosida sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Yevropa va Osiyoning bir qator universitetlarning professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Tadbirda yosh tadqiqotchilar, 2025-yil fevral oyi oxiri – mart oyi boshida SamDUda “Sun’iy intellektni tartibga solish: Markaziy Osiyoga Yevropa yondashuvi” (Artificial intelligence Regulation: European Approach for Central Asia, Project 101124510 – AIREA-CA – ERASMUS-JMO-2023-HEI-TCH-RSCH) loyihasini amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tgan sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish bo‘yicha qishki maktab tinglovchilari ham qatnashdi.