Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan Samarqand adabiyotshunoslik maktabining yirik vakili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, filologiya fanlari doktori, professor Muslihiddin Muhiddinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan  xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov  kirish so‘zi bilan ochdi.

    Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev tabrik so‘zida Muslihiddin Muhiddinovning hayoti, yaratgan ilmiy ishlari yoshlarimiz uchun ibrat maktabi ekanligini alohida ta’kidladi.

    Akademik Qodir Gʻulomov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov,  Anqara universiteti professori Fatma Sema Barutchu O‘zunder,  Moskva davlat universiteti Toshkent filiali professori Erkin Afzalov, “Samarqandim” jurnali bosh muharriri Farrux Hamroyev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Gʻayrat Majid va boshqalar Muslihiddin Muhiddinovni samimiy qutladilar.