Xalqaro hamkorlik

Samarqand davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining SHHT Iqtisodiyot, savdo institutining madaniy almashinuv va targʻibot markazi direktori Van Yu Syao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuvda universitetning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Xususan, kelishilgan sohalar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar borasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar. Uchrashuv doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.