Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Zoom platformasi orqali Misrning Tanta universiteti prezidenti, professor Mahmud Ahmed Zaki bilan muloqot qildi.

    Uchrashuvda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Gumanitar, aniq va tabiiy fanlar, menejment, sanʼat, muhandislik, texnologiya, IT, iqtisodiyot va biznesni boshqarish yo’nalishlari bo’yicha bir qator kelishuvlarga erishdi.

    Muloqot so’ngida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    Ma’lumot uchun, Tanta universiteti xalqaro QS reytingida 1001+1200 o’rinlarni egallagan. 125 ming talaba tahsil oladi. Shundan 2500 nafari xorijlik yoshlardir.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.