Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida SamDU talabalari o‘rtasida "Komillik sari" nomli intellektual ring o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov “Kitobsevar millat” shiori ostida o’tkazildi.

    Intellektual ring davomida filologiya fakultetining saralash bosqichiga yetib kelgan 7 nafar talaba o‘z bilimini sinab ko‘rdi. Qizg‘in tarzda kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Mashhura Kamolova, 2-o‘rinni Marjona Kubayeva va 3-o‘rinni Dilafro‘z Rustamova egalladi.

    Bundan tashqari kitob mutolaasiga ishtiyoqmand ko‘plab yoshlar tadbirda faol qatnashib, she’rlar ijrosi uchun esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.

    Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.